Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.Mahkamov olib bordi. Unda shuningdek, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov ham ishtirok etdi.Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i F.Rahimjonov tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi bayoniga muvofiq, joylarda yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Marg‘ilon shahrida har oy yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari bevosita o‘rganilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 50 ta mahallada jami 148 ming nafar 0–30 yoshdagi yoshlar istiqomat qiladi. Shundan 14–30 yosh toifasidagi yoshlar soni 59 ming 397 nafarni tashkil etib, ularning 73 foizi “yaxshi”, 25 foizi “o‘rta” va 1 foizga yaqini “qizil” toifaga kiritilgan.

2026-yil mart oyi davomida shahar hokimi tomonidan 4 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, jami 860 nafar yoshlar qamrab olindi. Ushbu uchrashuvlarda turli toifadagi yoshlar – sportchilar, o‘quvchilar, talabalar, ishsizlar, xorijdan qaytganlar, profilaktik ro‘yxatdagilar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida yoshlar tomonidan jami 31 ta muammo va takliflar ilgari surildi. Ularning asosiy qismi tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit olish, kasb-hunar o‘rganish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda bandlik masalalariga qaratildi. Muhimi, ko‘tarilgan barcha masalalar “yo‘l xaritasi” asosida ko‘rib chiqilib, aprel oyining dastlabki yarmigacha to‘liq ijobiy hal etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Jumladan, shahar bosqichidagi tanlov va musobaqalar g‘oliblarini munosib taqdirlash uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Komissiya tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga tezkor yechim topish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 8