Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
#kengash_raisi #kotibiyat_mudiri Do‘stlik mahallasida ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Kiyamov tomonidan Do‘stlik mahallasi hududida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mavjud suv inshooatining holati, aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetkazib berish darajasi hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi. Ayniqsa, suv ta’minotidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlar “Narpay tajribasi” asosida olib borilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lib, hududlarda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini aniq baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bu kabi tizimli yondashuvlar aholining kundalik hayot sifatini oshirish, eng muhim ehtiyojlardan biri bo‘lgan ichimlik suvi ta’minotini yanada barqaror yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3