Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna tomonidan Yangiariq va Orzu mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallalardagi mavjud muammo va takliflar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati, bandlik va ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatni alohida e’tibor bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.Shuningdek, uchrashuvda aholi bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganib borish va ularga tezkor yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini tizimli hal etish, mahallalardagi ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda xalq va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3