Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirobod tumanida oilalar osoyishtaligi, ijtimoiy himoya va migratsiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
“Deputat mahallada”
янв.21
Kengash raisi aholi bilan uchrashuv o'tkazdi: Muammolar yechimi va huquqiy ko‘mak
янв.21
“Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat mahallada uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Murojaat o‘rganildi: Tadbirkorlik faoliyati qonun doirasida
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгашининг “Ҳафталик иш режаси” ижроси бўйича депутат Б.Рахимов “Тонг юлдузи” МФЙда маҳалла раиси, еттилик аъзолари билан учрашиб, ижтимоий соҳа йўналишларига оид муаммоларни 24 та тавсиявий сўровнома асосида суҳбат олиб борди.
янв.21
Депутат Б.Рахимов томонидан ҳафталик иш режага мувофиқ маҳалладаги муаммолар билан раис иштирокида жойига чиқиб ўрганилди.
янв.21
Депутат Б.Рахимов томонидан ҳафталик иш режага мувофиқ округдаги боғчани таъмирлаш масаласи ўрганилди.
янв.21
“Deputat o‘z ish joyida fuqaroni qabul qilib, muammosini hal qildi”
янв.21
“Deputat mahalla raisi va aholisiga bergan va’dasida turdi”
Bitiruvchilar e’tibor markazida: deputat bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 11-Muqumiy saylov okrugi deputati Zoir Shodmonov Bog'ishamol mahallasidagi Jizzax davlat pedagogika texnikumi bitiruvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha suhbatlashildi.

Deputat bitiruvchilarga zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlab, ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undadi. Shuningdek, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Zoir Shodmonov bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat tilab, ularning har biri o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.

Slide 1 of 4