Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Fuqaro murojaati ijobiy hal etilish yo‘lida o‘rganildi

🗂 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan hamkorlikda fuqaro A. Abdusamatov tomonidan bildirilgan murojaat atroflicha va har tomonlama o‘rganib chiqildi.

🔍 O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalaning huquqiy jihatlari batafsil tahlil qilinib, amaldagi qonunchilik normalari asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda muammoni ijobiy hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.

⚖️ Shuningdek, fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va huquqlarini himoya qilish borasida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan aholiga bepul, tezkor va sifatli yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Slide 1 of 4