Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirobod tumanida oilalar osoyishtaligi, ijtimoiy himoya va migratsiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
“Deputat mahallada”
янв.21
Kengash raisi aholi bilan uchrashuv o'tkazdi: Muammolar yechimi va huquqiy ko‘mak
янв.21
“Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat mahallada uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Murojaat o‘rganildi: Tadbirkorlik faoliyati qonun doirasida
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгашининг “Ҳафталик иш режаси” ижроси бўйича депутат Б.Рахимов “Тонг юлдузи” МФЙда маҳалла раиси, еттилик аъзолари билан учрашиб, ижтимоий соҳа йўналишларига оид муаммоларни 24 та тавсиявий сўровнома асосида суҳбат олиб борди.
янв.21
Депутат Б.Рахимов томонидан ҳафталик иш режага мувофиқ маҳалладаги муаммолар билан раис иштирокида жойига чиқиб ўрганилди.
янв.21
Депутат Б.Рахимов томонидан ҳафталик иш режага мувофиқ округдаги боғчани таъмирлаш масаласи ўрганилди.
янв.21
“Deputat o‘z ish joyida fuqaroni qabul qilib, muammosini hal qildi”
янв.21
“Deputat mahalla raisi va aholisiga bergan va’dasida turdi”
Chinoz tumani Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Erxo‘jayev nomidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi E.Saidov Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Gulzarobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektori I.Burxonov zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi o‘rganildi.

📌 O‘rganish jarayonida hududdagi soliq bazasi hamda to‘lovchilar tarkibi tahlil qilinib, quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlandi:

🔹 112 ta noturar obyekt

🔹 18 ta yuridik shaxs

🔹 16 ta YATT

🔹 3 ta oilaviy korxona

🔹 2200 nafar jismoniy soliq to‘lovchilar

📊 Soliq tushumlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi:

🔹 Aholiga SMS xabarnomalar yuborish yo‘lga qo‘yilgan

🔹 Byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarga ish joylari orqali xatlar yetkazilmoqda

🔹 Yuridik shaxslarga “Soliq.uz” platformasi orqali shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumotlar yuborilmoqda

💻 Shuningdek, to‘lovlar va savdo-xarid jarayonlarini to‘liq elektron tizimga o‘tkazish holati ham doimiy nazoratga olingan.

✅ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mavjud ishlar samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4