Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 2-majlisi

#korrupsiya #poytaxtdeputatlari 

❗️Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 2-majlisi, 13-aprel soat 11:00da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining mazkur majlisi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 Toshkent shahar “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi va uning tizimida 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, shahardagi bozorlarda olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va uning tizimida 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda ochiqlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

🔺 Poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda odil sudlov bo‘yicha (shahardagi sudlarda ko‘rilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlar va boshqa ishlar bo‘yicha chiqariladigan xususiy ajrimlarning ta’sirchanligini oshirish va bu toifadagi ishlarni chuqur tahlil qilingani haqida);

 🔺 Poytaxtda 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar adliya boshqarmasi va uning tizimida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari xususan, korrupsiya va uning olini olish yuzasidan 2025-yilda qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida;

🔺 Toshkent shahar mahallalaridagi hokim yordamchilarining ish faoliyatidagi korrupsion holatlarning oldini olish va raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida;

🔺 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 2026-yil 1-yarim yillik harakatlar rejasi haqida;

tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari hududiy kegnash a'zolari tomonidan majlisda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 1