Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yakkasaroy tumanidagi “To‘qimachi” mahallasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Sayfullayev Talip Vaxabovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich hamda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 14-Mutafakkir saylov okrugi deputati Xasanova Bibisara boshchiligida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillari, tumandagi kommunal soha mas’ullari, hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida mahalladagi qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Jumladan:

— hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish; 

— hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish; 

— aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati;

— hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

— yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini tya’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish;

— yoshlarning bo‘sh vaqtlarida sportga jalb etish;

— nogironligi bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash;

— jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki avf etilgan shaxslarni jamiyatga vijtimoiy moslashtirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda manzilli va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

— ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib toifalarga ajratish;

— ichimlik suvi, issiq suv va elektr energiyasi ta’minoti;

— boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi;

— ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalar hamda atrofining tozaligi va yoritilishi;

— chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va maishiy chiqindilarni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish;

— ko‘p qavatli uylar atrofida avtoturargohlar tashkil etish va tartibga solish;

— kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va avariyaviy holatlarning oldini olish;

— ko‘cha va hovlilarda yomg‘ir suvlari oqimini tartibga solish (drenaj tizimini yaxshilash);

— energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish;

— investitsiya dasturini shakllantirish.

Shuningdek, uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillarining hisobotlari tinglanib, faoliyati baholandi.

Uchrashuvda shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A.Adashboyev, D.Abdullajonov, X.Axmedjanovalar ishtirok etdilar.

✅ Qabul davomida fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bu kabi ochiq muloqotlar hududlarda mavjud ijtimoiy va huquqiy masalalarni aniqlash hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1