Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yoshlar - kelajak bunyodkori, "Adolatchi yoshlar" - adolatli jamiyat kafolati!
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida deputat mahallada oilalar muamollarini o'rgandilar
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida deputat “Bayot” mahallasida
янв.21
Murojaat yuzasidan Kengash raisi joyiga chiqib o'rganish o'tkazdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining yuzasidan bolalarga yaratilgan sharoitlar o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Ruziyeva Madina Taxirovna tomonidan “Bayot” MFY hududidagi 521-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish tadbirlarini olib bordi.
янв.21
Mirobod tuman Kengash raisi X.Kayumov va kotibiyat mudiri A.Karimov “Yuksalish” MFY va "Ziyonur" MFYlarida (deputatlik o‘rni vakant) mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashib, 24 ta so‘rovnoma asosida ijtimoiy muammolarni o‘rgandilar
янв.21
Mirobod tumani "Lolazor" mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 1-chorak yakunlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot
янв.21
Deputat A.Xidoyatov “Sariko‘l” MFY raisi M.Irgashevning tashabbusi bilan boshlangan, hozirda mablag‘ yetishmovchiligi sababli to‘xtab qolgan mahalla kutubxonasi binosi bilan tanishdi
янв.21
Suhbatdan so‘ng deputat A.Xidoyatov, “Sariko‘l” MFY raisi Marifjon Irgashev, uchastka inspektori bilan birgalikda hududda mavjud muammolarni o‘rgandilar.
Deputat faoliyati

#Tashrif #Deputat_mahallada #24_tavsiya 

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 4-Balandchek Sanoat saylov okrugi deputati N.Xudoyberdiyev hududda istiqomat qilayotgan qariyalar holidan xabar oldi. U tashrif davomida samimiy suhbat qurib, ularning muammolari, taklif va murojaatlarini diqqat bilan tingladi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolarning ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat sifati, kommunal xizmatlar va kundalik ehtiyojlar bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi. Deputat har bir murojaatni alohida qayd etib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, qariyalar deputatning e’tibori va g‘amxo‘rligidan mamnun ekanliklarini bildirib, bunday uchrashuvlar ularning dardini eshitish va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishini aytishdi.

Mazkur tashrif aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi

t.me/kengash_buloqboshi   

https://www.facebook.com

Slide 1 of 2