Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirobod tumanida oilalar osoyishtaligi, ijtimoiy himoya va migratsiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
“Deputat mahallada”
янв.21
Kengash raisi aholi bilan uchrashuv o'tkazdi: Muammolar yechimi va huquqiy ko‘mak
янв.21
“Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat mahallada uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Murojaat o‘rganildi: Tadbirkorlik faoliyati qonun doirasida
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгашининг “Ҳафталик иш режаси” ижроси бўйича депутат Б.Рахимов “Тонг юлдузи” МФЙда маҳалла раиси, еттилик аъзолари билан учрашиб, ижтимоий соҳа йўналишларига оид муаммоларни 24 та тавсиявий сўровнома асосида суҳбат олиб борди.
янв.21
Депутат Б.Рахимов томонидан ҳафталик иш режага мувофиқ маҳалладаги муаммолар билан раис иштирокида жойига чиқиб ўрганилди.
янв.21
Депутат Б.Рахимов томонидан ҳафталик иш режага мувофиқ округдаги боғчани таъмирлаш масаласи ўрганилди.
янв.21
“Deputat o‘z ish joyida fuqaroni qabul qilib, muammosini hal qildi”
янв.21
“Deputat mahalla raisi va aholisiga bergan va’dasida turdi”
💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi boʻlib oʻtdi

💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi boʻlib oʻtdi

📋 Sessiya kun tartibida 6 ta masala koʻrib chiqildi.

Batafsil 👇

🟣 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman hokimi B.Sh.Shukurovning hisoboti  to‘g‘risida.

🟣 “Boysun tumanida 2026-yil 1-mavsum 1-fevraldan 20-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudjet.uz” rasmiy veb sayti orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayoni yakuni bilan g‘olib deb topilgan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Y.Jo‘rayevning hisoboti to‘g‘risida.

🟣  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Y.Jo‘rayevning hisoboti to‘g‘risida.

🟣 “Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida mahalla va hududlarda tashkil etiladigan chora-tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Boysun tumani bo‘limi boshlig‘i A.Ne’matilloyevning hisoboti to‘g‘risida.

🟣 Boysun tumani hokimining qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.

🟣 Boshqa masalalar

✅ Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.

📹 Sessiya ishini jonli efirda tomosha qilish uchun havola:

🟢 Yutube (https://www.youtube.com/watch?v=GkuvcilKzcA)

Slide 1 of 6