Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashiga 14-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat G.Islamova Prezidentimizning 2025 yil 6-mart kuni tasdiqlangan PQ-93-son qarorida belgilangan ijtimoiy soha obektlarining holatini o‘rgandi.
Xususan Oqoltin tumani “Ahillik” MFYdagi 9-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish jarayonlari va Oqoltin tumani “Ahillik” MFYdagi 7-son “Do‘stlik” madaniyat markazini mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.