Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz

☄️ Bugun Boysun tuman Elektr ta’minoti korxonasida Xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi hamda korxona rahbari va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔂 Davra suhbatidan asosiy maqsad elektr energiyasi ta’minoti sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlarni soha xodimlariga yetkazish, ular orasida huquqbuzarliklarni oldini olish ekanligi alohida ta’kidlandi.

🔂 Mas’ullar o‘z so‘zida, - Bugungi kunda soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan e’tibor, sohaga jadal tusda tatbiq etilayotgan raqamlashtirish jarayonlarining barchasi, birinchi navbatda, sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish uchun xizmat qilishi xususida to‘xtaldilar.

🔂 Mutaxassislarning huquqiy ongini oshirish juda muhim ekanligi, ularning qonunlarni bilmasligi oqibatida muammolarga duch kelib qolmasliklari uchun mamlakatimizda targ‘ibot-tashviqot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, fuqarolarimiz uchun barcha hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish va o‘rganish uchun imkoniyatlar mavjudligini va bu borada talay ishlar amalga oshirilayotganligini haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

🔂 Uchrashuv so‘nggida, mutaxassislarning bildirilgan fikr-mulohaza va takliflari tinglandi hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Yusuf Aliyev tomonidan korxona xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblar to‘plami tarqatildi.