Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
SAYLOVCHILAR BILAN OʻTKAZILGAN UCHRASHUVLARDA QATOR MUAMMOLI MASALALARGA YECHIM TOPMOQDA

 Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashiga 18-Yuqoribogʻ saylov okrugidan saylangan deputat G.Kurbanbayeva Urganch tumani “Uyshin” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda aholi gaz balonlari yetarlicha berilmayotganligi, aholi uylaridan chiqindi chiqmasa ham pul talab qilinayotganligidan norozi ekanligini bayon qildi. 

Shuningdek, pensiya puli kam chiqqanligi, sogʻligini tiklash va moddiy yordam masalalarida murojaatlar kelib tushdi. 

Bundan tashqari 29-sonli oilaviy poliklinika filialida laboratoriya boʻlimini ochib berish soʻraldi. Chunki shu hududda 11 mingdan ziyod aholi yashaydi va ular birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun uzoq masofaga borishlarini bildirishdi.

Yuqoridagi masalalar deputat tomonidan oʻrganib chiqildi va joyida hal qilinmagan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga deputat soʻrovi yuborilib, nazoratga olindi.

Saylovchilar bilan bunday uchrashuvlar oʻtkazilishi davom ettiriladi.  

Slide 1 of 4