Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputatning bir kuni” loyihasining navbatdagi ishtirokchilari, viloyat Kengashidan Boyovut tumani 7-Yangi avlod saylov okrugidan saylangan deputat Ro‘ziqul Primqulov shuningdek tumani Kengashi deputati Muattar Mirzajonovalar "Laylakko‘l hamda "Bunyodkor" mahallalari yettiliklari va saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi”ning faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam ko‘rsatish, ajrimlar va oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, soliq tushumi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash va shu kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi

Slide 1 of 4