Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Urganch shahar 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabida deputat ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari Berdiyev O’tkir va Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozovlar kirish so'zi bilan ochib, Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk sarkarda, davlat arbobi va mashhur shoir sifatida o‘zining bebaho merosi bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri ekanligini ta’kidlab o’tdilar.  

Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozov - Bobur nafaqat mohir sarkarda, balki iste’dodli shoir va yozuvchi ham ekanligi, uning eng mashhur asari "Boburnoma" bo‘lib, bu tarixiy va adabiy asar o‘zining betakror uslubi, "Boburnoma"da u o‘zining boshidan kechirgan voqealar, hukmronlik davridagi siyosiy va ijtimoiy holatlar haqida batafsil ma’lumot berilganiligi so’zlab berdi. Shuningdek, Bobur g‘azallar, ruboiylar va boshqa she’riy janrlarda ham ijod qilganligi, uning adabiy ijodi Sharq she’riyatining yuksak namunalari qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, g‘azallarida muhabbat, vatanparvarlik va hayotning o‘tkinchiligi kabi mavzular yoritilganligini o’quvchi yoshlarga aytib o’tdi.  

Shundan so‘ng ma’naviy – ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar tadbir so‘ngida estalik sobg‘alar bilab taqdirlandilar. 

Slide 1 of 1