Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida Jondor tumanida 2024-yil mobaynida qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati, Jondor tumanida 2024-yil mobaynida huquqbuzarliklarning va jinoyatchilikni oldini olish, ularning profilaktikasi holati, Jondor tumani mahalliy budjetning 2025-yil boshida hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 11-dekabrdagi KQ-19-V-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risida”gi namunaviy nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jondor tumanida 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 5