35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

 O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashiga saylangan deputat Tursinali Mamajonovning Saylov okrugi hududiga kiruvchi Guliston mahalla fuqarolar yig’ini Bo’ston ko’chasida istiqomat qiluvchi aholining iste’moli uchun “Bo’ston” ko‘chasi hududidan o‘tgan ichimlik suvi turbasi yorilgan. Yorilish natijasida aholiga ichimlik suvi borishi ozaygan. Yorilgan joydan yo‘llarga suv toshishi oqibatida qatnov jarayonlariga ham bir qancha noqulayliklar vujudga kelishi sabab bo’lmoqda. Ushbu holat yuzasidan mahalla aholisi murojaat yo’llagan edi. 

Shu sababli deputat ushbu masalani qisqa muddatda tezkorlik bilan bartaraf etishga kirishdi. Ya’ni mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natdi. Eng muhimi, aholini o‘ylantirayotgan muammo hal etildi. Aholiga
uzluksiz ichimlik suvi yetib borishi bo‘yicha tuman «Suvoqova» davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar olib borilib yorilgan joylar ta’mirlandi.  

Slide 1 of 4