Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“Takiya ota” ziyoratgohida infratuzilma ishlari o‘rganildi

#deputat_okrugida #nazorat_tahlil
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Takiya ota” ziyoratgohida infratuzilma ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat - Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi A.Abdinazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-386-son qarori asosida rejalashtirilgan “Takiya ota” ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, yo‘l-transport sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ziyoratgohga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, hududning jozibadorligini oshirish hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur loyiha ijrosiga nazorat uchun biriktirilgan deputat A.Abdinazarov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida “Takiya ota” ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6