Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xitoy bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari o‘rganildi

 Xitoy bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Oqoltin tumanida joylashgan kichik sanoat zonasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mazkur investitsiya loyihasi doirasida 3 ta zamonaviy korxona tashkil etilishi, loyihalarning umumiy qiymati 28 mln AQSH dollarini tashkil etishi hamda amalga oshirilishi natijasida 115 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi. Loyihalarning hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur korxonalarni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hududning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5