Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“Urganjibog‘” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimovning saylov okrugi hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining qamrov darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning xavfsiz yashash muhitini mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2