Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Yangi o‘quv yili arafasida ehtiyojmand oilalar farzandlariga ko‘mak ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tashabbusi hamda “G‘ishtko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” hamkorligida yangi o‘quv yili arafasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xayrli amaliy ishlar amalga oshirildi.

Tadbirning asosiy maqsadi mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarning farzandlarini yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish hamda oilalarning moddiy yukini yengillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Jumladan, mahallada yashovchi 7 nafar ehtiyojmand oilaning farzandlariga maktab formasi xarid qilish uchun jami 8 million 400 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Ushbu amaliy ko‘mak bolalarning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishiga, ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi va intilishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bunday ezgu tashabbuslar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ayniqsa, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarning amaliy ifodasidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3