Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“Urganjibog‘” mahallasida o‘rganish va uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimovning saylov okrugi hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida mahallada fuqarolar bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3