35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Korrupsiyaga Qarshi Kurash Deputatlar Nazoratida Ochiqlik va Shaffofli

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining tegishli Ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosini ta’minlash, tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Sardoba tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman deputatlari G.Suvonqulova, N.Hamidova va B.Bekmurodovlar ishtirokida Tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud ichki tartib va mexanizmlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini vijdonan va halol bajarish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari o‘rganildi.
Shuningdek, tibbiyot sohasida aholiga davlat xizmatlari va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaviy omillarning yuzaga kelishining oldini olish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablaridan xabardorligini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ichki nazorat mexanizmlarini yana-da kuchaytirish hamda aholi bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablarining samarali ijrosini ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mansabdor shaxslar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda fuqarolarning davlat va tibbiyot tizimiga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4