Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining siyosiy partiya oldidagi mas’uliyati

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida saylovchilar manfaatlarini ifoda etish bilan bir qatorda, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan ham doimiy hamkorlikda faoliyat yuritadi.

🔹 Deputat uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya hamda partiya guruhi bilan muntazam aloqa bog‘lab turadi, ularning faoliyatida faol ishtirok etadi hamda partiya ustavi (nizomi) va ichki hujjatlarida belgilangan odob-axloq hamda intizom qoidalariga qat’iy rioya qiladi.

🔹 Deputat xalq deputatlari Kengashidagi faoliyati davomida uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, g‘oya hamda manfaatlarini qonunchilik doirasida ifoda etadi va ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Mazkur talablar deputatlik faoliyatida siyosiy mas’uliyatni ta’minlash, partiya intizomini mustahkamlash hamda saylovchilar ishonchini oqlashga xizmat qiladi.

📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.