Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

#huquqiy_axborot_soati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

🌾 “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”

📅 Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 13-yanvarda qabul qilingan.
📅 Senat tomonidan 2021-yil 12-martda maʼqullangan.

Mamlakatimizda dehqon xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

Mazkur Qonun dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va rivojlantirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi hamda dehqon xoʻjaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadlari:

🌱 dehqon xoʻjaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash;
✅ yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash;
✅ dehqon xoʻjaliklarida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish;
✅ qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
✅ dehqon xoʻjaligi yurituvchi fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
✅ aholi bandligini taʼminlash va oilalar daromadlarini oshirishga koʻmaklashish;
✅ oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ichki bozorni sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash;
✅ ekologik barqarorlikni saqlash va yer unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilgʻor usullarni qoʻllab-quvvatlash.

🌾 Dehqon xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, qishloq joylarda bandlikni oshirish va oilalar farovonligini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi.

📖 Qonunlarga rioya qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va dehqon xoʻjaliklarini samarali rivojlantirish — agrar soha taraqqiyoti hamda mamlakat oziq-ovqat xavfsizligining mustahkam garovidir.