Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Jayhun” mahallasida bo‘lib, aholini qiynayotgan masalalar va fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandilar.

Mahallabay o‘tkazilgan ochiq muloqot va o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan asosan quyidagi muhim masalalar ilgari surildi:

Ijtimoiy yordam ko‘rsatish: Kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj xonadonlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

Aholi bandligi: Mahalladagi ishsiz fuqarolar va yoshlarni ishga joylashtirish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslariga ko‘maklashish;

Infratuzilmani rivojlantirish: Mahalla ichki ko‘chalarini obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash va kommunal sohadagi muammolarga barham berish.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan har bir taklif va muammo deputat G.Abramatova tomonidan chuqur tahlil qilinib, “Murojaat daftari”ga batafsil qayd etildi.

Ko‘tarilgan masalalarning tezkor yechimi yuzasidan shahar Hokimligining tegishli ijro organlari hamda mutasaddi idoralarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi qat’iy nazorat ostiga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 2