Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2-«Obod turmush» saylov okrugidan saylangan deputat Xolmo‘minov Ikrom tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov bilan hamkorlikda «Obod turmush» mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi turmush darajasi, mahalladagi ijtimoiy muhit, infratuzilma holati hamda mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish mexanizmlari muhokama qilindi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning maxsus o‘rganish jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 2