Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat saylovchilariga axborot berdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 4-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputat Turdiqulov Komiljon Shoymurovich o‘zi saylangan "Bodomzor" mahallasida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuv davomida deputatning fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilarga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat hamda mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan esa mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3