Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishgani yoshlarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish borasidagi islohotlarga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
🔹Deputat sifatida ushbu tashabbusni katta ahamiyatga ega, deb hisoblayman. Bugungi kunda yoshlar uchun nafaqat ta’lim olish, balki zamonaviy kasb egallash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va munosib daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish eng muhim vazifalardan biridir.
🔹Kasblar shaharchasi kabi zamonaviy maskanlarda yoshlarning nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni egallashi, ish beruvchilar talabiga mos mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, hududlarda yoshlarni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlashga bunday yondashuv katta hissa qo‘shadi.
🔹Biz, xalq deputatlari sifatida, hududimiz yoshlarining zamonaviy kasblarni egallashi, sifatli ta’lim olishi va bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni joylarda o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashishni ustuvor vazifalarimizdan biri deb bilamiz.

Zilola Shomurodova, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati