Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
“MADAD” NNT BILAN HAMKORLIK: AHOLIGA BEPUL HUQUQY YORDAM KO‘RSATISH YANADA KENGAYTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budget, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Termiz shahar bo‘limi rahbari M.Xasanov bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdilar.

Muloqot davomida shahar Kengashi va "Madad" NNT o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:

Fuqarolarning huquqiy muammolarini joyida o‘rganish va ularga bepul yuridik maslahatlar berish;

Sayyor qabullar va "xonadonbay" o‘rganishlar davomida fuqarolarga huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish;

Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va yangi qonun hujjatlari mazmunini sodda dilda tushuntirish.

Uchrashuvda fuqarolarga qulaylik yaratuvchi Advice.uz huquqiy axborot portalining imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’kidlab o‘tildi.

"Madad" NNT tomonidan fuqarolarga quyidagi yo‘nalishlarda BEPUL yordam ko‘rsatiladi:

Birlamchi yuridik maslahat: Fuqarolik, mehnat, oila, uy-joy, meros, ijtimoiy ta’minot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha;

Tahlil va taklif: Murojaatlardagi tizimli muammolarni aniqlash va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Onlayn xizmatlar: Advice.uz portali orqali bepul onlayn yuridik maslahat va namunaviy huquqiy hujjatlar shakllarini olish.

Kengash deputatlari hamda "Madad" NNT vakillari birgalikda mahallalarda sayyor huquqiy maslahatxonalar tashkil etish va aholining murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari — oliy mezon. 

Slide 1 of 2