Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Boshrabot mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda

 Boshrabot mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda

✅ Boysun tumani Boshrabot mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Sh.M.Boyqulov, tuman kengashi raisi B.K.Xaitov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida o‘rganildi.

✅ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-son qarori asosida tashkil etilgan.

✅ Qaror doirasida mahallada eski va foydalanish muddati o‘tgan elektr simyog‘ochlari yangilariga almashtirilmoqda. Bu esa elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, aholi uchun xavfsizlikni ta’minlash hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

✅ Shuningdek, mazkur ishlar mahallaning umumiy qiyofasini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

✍✍✍ Boshrabot mahallasida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari uni Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi zamonaviy va namunali mahallaga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 5