Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

✅Shahar Kengashi sessiyasida kun tartibidagi to‘rtinchi masala — “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining oldini olish, atmosfera havosi sifatini yaxshilash hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar ekologiya bo‘limi boshlig‘i M. Rustamovning hisoboti tinglandi.

🌀Hisobotga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish hamda maishiy chiqindilarni boshqarish tizimi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat va profilaktika tadbirlari natijasida 106 ta ekologik huquqbuzarlik holati aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilgan.

✍️Davlat dasturlari doirasida shaharning yashil hududlarini kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida 22 ming tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, 3,5 ming tonnadan ziyod maishiy chiqindi tizimli ravishda chiqindi poligonlariga olib chiqilgan.
Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida profilaktik hamda nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan. Tadbirlar davomida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jami 110 million so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar belgilangan.

🌀Aniqlangan huquqbuzarliklarning salmoqli qismi noqonuniy ravishda chiqindi tashlash bilan bog‘liq bo‘lib, bu yo‘nalishda 45 ta holat aniqlangan va 250,9 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Mazkur jarimalarning undirilishi 100 foizni tashkil etgan.

📌Shuningdek, daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 1 ta holat aniqlanib, huquqbuzarga nisbatan 601,5 million so‘m miqdorida jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar summasi hisoblangan.

💩Bundan tashqari, suv obyektlari va atmosfera havosini ifloslantirish bilan bog‘liq 42 ta holat bo‘yicha 169,5 million so‘m, boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklar yuzasidan 9 ta holat bo‘yicha esa 6,9 million so‘m miqdorida ma’muriy sanksiyalar qo‘llanilgan.

➡️Belgilangan jarimalarni undirish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda. Undirilmagan summalar yuzasidan esa qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan, sud organlari orqali majburiy undiruv choralari ko‘rilmoqda.
Sessiyada ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1