Davlat dasturi loyihasi muhokamada
🌲Bugun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
ZOOM platformasi asosida o‘tkazilgan davra suxbatida, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi xodimlari, partiyadan saylangan deputatlar, O‘zbekiston Ekologik xarakati vakillari ishtirok etishdi.
Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” loyihalari tahlil qilinib, ular bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarining fikr va mulohazalari o‘rganildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi B.Abdullayev ham so‘zga chiqib, muhokama etilayotgan loyihalarga dolzarb takliflarni bildirdi