Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Tibbiyotda inson salomatligini asrash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar

Xorazm viloyatida Sog‘liqni saqlash tizimida 33 ta viloyat tibbiyot hamda 124 ta birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari, 13 ta ko‘p tarmoqli markaz va 72 ta oilaviy poliklinikalar, 39 ta oilaviy shifokorlik punktlari va 100 ta mahalla tibbiy punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda, ularda 20 mingdan ziyod shifokorlar va hamshiralar ishlaydi. 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sohaga tatbiq etilgan “Bir qadam” tamoyili asosida tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirildi.

Markazimizda 9 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, 30 nafardan ziyod shifokor va mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi, o‘tgan yilda 5 ming nafar bemorlar statsionar dovlanadi, 80 mingdan ortiq bemorlar murojaat qiladi. So‘nggi yillarda Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan Respublikada endokrinologiya xizmatini rivojlantirish yuqori bosqichga ko‘tarildi. Ikki yil oldin qandli diabet va endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarning asosiy qismi Toshkent shahriga borib davolanishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bemorlar markazning o‘zida to‘liq davolanmoqda. Chekka mahallalarda, tuman markazlarida, viloyatda bemorlarga sifatli va samarali endokrinologik xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, kasallikni davolashdan ko‘ra uni oldini olgan yaxshiroq. Tibbiyotda inson salomatligini asrash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar avvalo inson qadri uchun xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. 

G‘aibov G‘ayrat Kamulovich,
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati, 
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bosh shifokori