Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi

 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.
Tangriberganov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati A.
Erkinov Qo‘shko‘pir tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, byudjet
mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ularning ochiqlik va shaffoflik
tamoyillari asosida samarali boshqarilishi holatini o‘rgandilar.
 

O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning belgilangan yo‘nalishlar
bo‘yicha sarflanishi, budjet intizomiga rioya etilishi hamda davlat moliyaviy
resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, moliyaviy
nazoratni kuchaytirish va qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash
yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan fikr almashildi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengashning nazorat vakolatlarini
samarali amalga oshirish, davlat mablag‘larining har bir so‘mi xalq manfaatlari
yo‘lida maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda hududning barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1