Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Tadbirkor faoliyati o‘rganilib, huquqiy maslahatlar berildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan "G‘oziyog‘lik" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi T.Usmonovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ–327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor M.Ro‘zmatovning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ehtiyoj va takliflari muhokama qilindi.

Tadbirkor tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida yer maydoni ajratilishi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida yer ajratish tartibi, murojaat qilish mexanizmlari hamda zarur hujjatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorning murojaati nazoratga olinib, uni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay biznes muhiti, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari hamda qonunchilikda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2