Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari hamda joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida aholi tomonidan Saxovat ko‘chasini tungi yoritish jihozlari bilan ta’minlash masalasida murojaat bildirildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ko‘chada yetarli yoritish tizimining mavjud emasligi fuqarolar, ayniqsa piyodalar va transport vositalari harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, tungi vaqtda noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Saxovat ko‘chasini tungi yoritish jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, ushbu ishlarni amalga oshirish muddatlari hamda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2