Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Aholining tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida aholining tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligi holati hamda hududni obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida xonadonlar tomorqalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda aholining daromadini oshirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar tahlil qilindi. Ayrim xonadonlarda tomorqa yerlaridan unumli foydalanilayotgani, mahsulot yetishtirish orqali oilalarning oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanayotgani va qo‘shimcha daromad manbalari yaratilgani e’tirof etildi.

Shu bilan birga, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, ichki ko‘chalarning sanitariya holati, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, daraxt va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, yashil hududlarni saqlash hamda aholi tomonidan xonadon oldi hududlarini ozoda saqlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda obodonlashtirish tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 5