Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
📍 DO‘STLIK MAHALLASIDA UYMA-UY YURISH O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, MTDPdan 10-"Do‘stlik" saylov okrugi deputati Po‘lat Yo‘ldoshevich Sultanov tomonidan Do‘stlik mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
👥 O‘rganish jarayonida:
🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Po‘lat Yo‘ldoshevich Sultanov;
🔹 Kengash kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov;
🔹 Kengash kotibiyati hodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
🎠 Uyma-uy yurish davomida mahalladagi bolalar maydonchasining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi. Aholi bilan muloqot davomida maydonchani zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi.
📞 Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan shu joyning o‘zida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanilib, bolalar maydonchasini zamonaviy ko‘rinishda qayta barpo etish bo‘yicha yaqin kunlarda amaliy ishlar boshlanishi ma’lum qilindi.
🤝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
✅ Mahallalarda olib borilayotgan bunday uyma-uy o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4