Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 13-"Farovon" saylov okrugi deputati Pardayev Azamat Almardanovich tomonidan "Farovon" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolarni deputat o'zining murojaatlar jurnaliga qayd etdi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3