Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi 9-sonli "Dawıt kól" saylov okrugidan (O‘zLiDeP) saylangan deputat G.Bekbosinova hamda o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Bo‘zatov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamkorligida saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududdagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalaridagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash hamda ta’lim muassasalari va ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan ta’lim sohasi bilan bog‘liq murojaat va takliflar tinglanib, ularning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda fuqarolar bilan doimiy muloqot olib borish orqali mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2