Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat topshirig‘i asosida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna topshirig‘iga asosan “Xalqlar do‘stligi” MFY 1-kichik tuman hududidagi ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

🏘 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi doirasida ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi, bajarilgan ishlar sifati hamda mavjud holat joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, obodonlashtirish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq fikr va takliflar tinglandi.
Fuqarolar tomonidan deputat nomiga bildirilgan murojaatlar yozib olinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

📌 Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4