35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Investitsiya loyihlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov tomonidan tumanning “Kichiksoy” mahallasida joylashgan “Bo‘stonliq-Farm” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan ishlab chiqarish loyihalarning internet aloqa tizimiga ulanganlik holati hamda ishchi xodimlarning xizmat xonalarida isitish va sovitish tizimlari sifati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonalarning barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan internet aloqa tizimining ishlash holati atroflicha tahlil qilinib, ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, elektron hujjat aylanishi, axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Xizmat xonalaridagi isitish va sovitish tizimlarining texnik holati, ularning mavsum talablariga mosligi, ishchi xodimlar uchun qulay mehnat muhitini ta’minlash darajasi o‘rganildi. Xonalarning harorat rejimi, ventilyatsiya tizimlari va konditsionerlarning ishlash samaradorligi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3