35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandilar.

Tashrif davomida bolalarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi, xususan, qo‘l yuvish uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxonalar hamda mashg‘ulot xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi, xavfsiz va qulay muhitda tarbiyalanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7