35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida

                  Xalq salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish hamda aholini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Xalq deputatlari Jalaquduq
tuman Kengashi deputati M.Turg‘unova «Ittifoq» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan oilaviy poliklinikada bo‘ldi. O‘rganish davomida deputat quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
uassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va tezkorligi; Bemorlar va ehtiyojmand qatlam uchun ajratilgan bepul dori-darmonlarning tarqatilish holati va ularning ochiqligi; Tibbiyot maskanida shifokorlar va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar. Huquqiy targ‘ibot: Muloqot davomida deputat va tibbiyot xodimlari ishtirokida «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-528-son) mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Mazkur qonunga ko‘ra, har bir fuqaro o‘z reproduktiv salomatligini saqlash, tibbiy-maslahat yordamini olish va oilani rejalashtirish bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarga ega ekanligi alohida ta’kidlandi. Oilaviy poliklinikada
aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda dori vositalarining o‘z egalariga vaqtida yetib borishi qat’iy nazoratga olindi.
 

   

Slide 1 of 4