35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #haftalik_ish_reja_ijrosi


Hamdo'st mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputat nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "23-Haqiqat" saylov okrugi deputati Xaydarov Artur Mixaylovich tomonidan Hamdoʻst mahallasida aholi va bolalar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputatlik nazorati doirasida koʻrib chiqildi.

📊 Nazorat davomida mahalladagi mavjud bolalar maydonchalari, boʻsh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda aholi uchun zamonaviy sport hududlarini tashkil etish masalalari tahlil qilindi. Xususan, 23- va 26-koʻp qavatli uylar oldidagi hududlarda futbol maydoni hamda unga tutash hududda vorkaut maydonchasini tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrganildi.

📂 Mazkur ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ–136-son "Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda tuman Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida amalga oshirilishi belgilandi.

📝 Shuningdek, mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumtaʼlim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlanganlik holati yuzasidan tahlil olib borish yoʻnalishlari koʻrib chiqildi. Aniqlangan takliflarni amalga oshirish yuzasidan masʼullarga va boshqaruv servis kompaniyasiga tegishli vazifalar belgilandi.

💼 Nazorat tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar doimiy deputatlik nazoratida boʻlishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 5