35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

#nazorat_tahlil
#kengash_raisi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov, tuman Kengashi deputati U.Xo‘shboqov hamda tuman hokimligining mas’ul xodimi birgalikda 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev hududidagi "Gilambob" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududni obodonlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6