35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul hududida Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Xurramov Laziz tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaga biriktirilgan bank agenti Yusupov Boburning faoliyati tahlil qilindi. Xususan, fuqarolar tomonidan kredit olish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar, 2026-yilning 2- choragi davomida ajratilgan kreditlar hamda ularning maqsadli ishlatilishi yuzasidan olib borilgan monitoring natijalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilalar daromadini oshirish maqsadida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, dehqonchilik, issiqxona tashkil etish hamda boshqa daromad keltiruvchi tadbirkorlik uchun olingan kreditlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida bank agenti faoliyatini yanada samarali tashkil etish, kredit mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi hamda fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2