35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari A. Odilov, X. Berdiyarova hamda G. Sayitqulovalar Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi"ga kiritilgan "Uchturgon" mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari, qurilish jarayonining borishi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur 424 o‘rinli umumta’lim maktabida mukammal ta’mirlash ishlari 2026-yil aprel oyida boshlangan bo‘lib, obyektni 2026–2027-o‘quv yili boshlanishiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda qurilish maydonida 20 nafar ishchi-xodim tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yangi o‘quv yiliga qadar obyektni foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 9