Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida Samarqand shahri Kattaqo‘rg‘on ko‘chasi 22-uy oldida "Samarqand suv ta’minoti" AJ tomonidan suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani, biroq ishlar yakunlangandan so‘ng qazilgan hududning asfalt qoplamasi to‘liq tiklanmagani aniqlandi. Natijada yo‘l qoplamasi shikastlanib, transport vositalari va piyodalarning harakatlanishiga noqulayliklar yuzaga kelgan hamda hududning obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat so‘rovida mazkur hududni mutaxassislar ishtirokida joyida o‘rganish, suv ta’minoti tarmoqlaridagi ta’mirlash ishlari natijasida buzilgan asfalt qoplamasini belgilangan qurilish me’yorlari asosida to‘liq tiklash, shuningdek hududda transport vositalari va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga erishish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi